Harbiy xizmatchilarning jinoiy qilmishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni takomillash…

Harbiy xizmatchilarning jinoiy qilmishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni takomillashtirish istiqbollari

Joriy yilning 30 noyabr kuni Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi tomonidan «Harbiy xizmatchilarning jinoiy qilmishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni takomillashtirish istiqbollari» mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi IIV Qorovul qoʻshinlari, IIV Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Bojxona instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Milliy gvardiya Ixtisoslashgan oʻquv markazi amaliyotchi xodimlari, mutaxasislari va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura fakulteti tinglovchilari ishtirok etdilar. Konferensiya yakunida ma’ruzachilar va ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida tergovga qadar tekshiruv faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga oid bildirilgan takliflar va ilmiy tahlillar asosida ishlab chiqilgan nazariy xulosalar mutasaddi tashkilotlarga yuborishga qaror qilindi.

872
Chop etish
Text to speech