Joriy yilning avgust-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar boshqarmasida Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari va o‘quv muassasalari mutaxassislariga amaliy o‘quv kurslari tashkil etildi.
Amaliy o‘quv kurslarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad:
hamkorlikni yanada oshirish;
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; harbiy xizmatchilarni ko‘nikma va malkalarini oshirish;
jamoat joylarida xizmat olib borish hamda jangovar vazifalarni bajarish vaqtida krav maga usullarini samarali qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va malkalarini oshirish.
Amaliy o‘quv kurslari yakuniga ko'ra Jamoat xavfsizligi universiteti Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi oʻqituvchisi kapitan Salimov Farruxjon Abduxakim oʻgʻli Maxsus sertefikat bilan taqdirlandi. Shu bilan birga Krav maga usullari boʻyicha oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilib universitet uslubiy kengashi bosqichiga topshirildi.