Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti nomidagi – Elbasi Milliy Mudofaa universiteti boshlig‘i general-mayor Lut Sapuovich Alchekenov rahbarligidagi delegatsiyaning О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrifi doirasida О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Mazkur tashrifdan kо‘zlangan asosiy maqsad – kadrlar tayyorlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlarini yо‘lga qо‘yish yuzasidan fikr almashish. Tashrif davomida О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot-resurs markazi binosida Universitet boshlig‘i polkovnik Mirzayusup Xakimovich Rustambayev rahbarligida bir qator harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida Universitet boshlig‘i delegatsiya a’zolariga ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan tashrif uchun о‘z minnatdorligini bildirdi. Shu bilan birga, 2021-yilda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan memorandum va protokol imzolanganligi, mazkur hamkorlik asoslariga muvofiq ikki tomonlama hamkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi haqida tо‘xalib о‘tildi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi rahbari general-mayor Lut Sapuovich Alchekenov tashkil etilgan tadbir uchun о‘z mamnuniyatini bildirib, Univuersitetda tashkil etilgan ta’lim jarayonlari bо‘yicha alohida qiziqish bildirdi. Delegatsiya vakillari harbiy va fuqaroviy yо‘nalishni о‘z ichiga olgan gibrid usuldagi ta’lim jarayonlarini tashkil etilganligi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyatini tashkil etilganligi, mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish borasida о‘zaro manfaatli kelishuvlarga tayyor ekanliklarini bildirishdi.