О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorining ijrosi sifatida 2024-yil 25-dekabr kuni “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi. Unda respublikamizda qizg‘in ijodiy faoliyat olib borayotgan metodist-olimlarning qimmatli fikrlari va tavsiyalari tinglandi, nofilologik yo‘nalishda tahsil olayotgan kursanr, tinglovchi va talabalarni o‘qitish chog‘ida vujudga kelayotgan turli vaziyat va muammolarning yechimi borasida fikr almashildi. Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi renessans davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bugungi kunda oltita til (ingliz, nemis, xitoy, arab, turk var us tillarini o‘qitilayotganligi tahsinga loyiq. Universitetda xorijiy tillarni o‘qitish uchun Tillarni o‘rganish kafedrasida yuqorida keltirilgan xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maxsus sinflar tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari chet ellik mutaxassislar va mahalliy malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Anjumanni Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yu.f.d., professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, polkovnik M.X.Rustambayev kirish sо‘zi bilan ochib, bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotini hamda mamlakat hayotini xorijiy tillarsiz tasavvur qilish mushkul. Yurtboshimiz tomonidan Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan o‘z ona tilini mukammal bilish talabidan tashqari, “kamida 2 ta xorijiy tilni mukammal bilish” talabi qo‘yilganligi ham bejiz emas, chunki zamonaviy dunyo va geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy taraqqiyot va integratsiya bugungi kun shaxsi oldida chet tillarni chuqur bilish va shaxsiy hamda kasbiy maqsadlarda foydalana olish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. Shu ma`noda bugun filologik va nofilologik ta`lim muassasalarida chet tillarini zamon talablari darajasida o`qitish zarurati namoyon bo`lmoqda deb, alohida ta’kidladi. Tadbirga Tillarni o‘rganish kafedrasi o‘qituvchisi Sayyora Islomxo‘jayeva moderatorlik qildi. Konferensiyaga Respublikamizning taniqli chet tili mutaxassislari taklif etildi. Jumladan, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti “Tillar” kafedrasi dotsenti p.f.b.f.d.(PhD) Raxmonqulova Dilshoda Murodqo‘ziyevna о‘zining “Innovative Lehrstrategien” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, kursant va tinglovchilarga xorijiy tilni o‘qitishdagi yangicha yondashuv haqida batafsil gapirib о‘tdi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga о‘zining javob va mulohazalarini berib о‘tdi.
Yana bir mutaxassis O‘R Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Badalbayeva Maloxat Yulchiyevna “Learn Emergency situations vocabulary through English new sources” nomli qiziqarli ma’ruzasi bilan konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Konferensiyada O‘R Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti p.f.b.f.d.(PhD) Malayeva Ozoda Baxromovna “Ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishida uzluksiz diagnostikaning ahamiyati” nomli ma’ruzasi bilan barchaga ingliz tili o‘qituvchilarini chet tilini o‘qitishdagi haqida tegishli ma’lumotlar berib о‘tdi.
Anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “G‘arb tillari” kafedrasi dotsenti f.f.b.f.d.(PhD) Abdullayeva Marxabo Raxmonqulovna “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish: tahlil va natijalar” nomli ma’ruzasi bilan barchaga chet tilini o‘qitishda sun’iy intellektning ahamiyati haqida tegishli ma’lumotlar berib о‘tdi.
Shu bilan birga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari D.K.Xasanova va M.A.Ulmasbayevnalar ham ma’ruza qilishdi.
Konferensiya davomida shuningdek “Tillarni о‘rganish” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik A.S. Xursandov kursantlar о‘zlarining bо‘sh vaqtlarida chet tilining o‘rganishlari davr talabi ekanligini chuqur anglashlari, chet tilini bilishlari shartligi va sertifikat olishlari kerakligi haqida gapirib о‘tdi. Ma’ruzachilarning chiqishlaridan sо‘ng universitet kursantlari tomonidan savol-javoblar va bahs-munozaralar tkazildi. Konferensiya universitetimiz kursantlari hamda yig‘ilgan barcha ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi natijalari to‘plam shaklida umumlashtirilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya davomida Jamoat hamkorlik shartnomalari imzolandi