2023-yil 28-dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasining 2023-yil yakunlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yakuniy hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari yu.f.d., professor O.K.Turg‘unov, Universitet boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari yu.f.d., professor SH.X.Zulfiqorov, O‘quv-uslubiy boshqarma, Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limlari boshliqlari, kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi ishtirok etishdi.
Yakuniy hisobot yig‘ilishida kafedra professor-о‘qituvchilari qо‘yidagi yо‘nalishlar bо‘yicha tahliliy axborot berishdi:
– O‘quv ishlari – dotsent Z.SH.Alimardonov;
– O‘quv-uslubiy ishlar – dotsent D.M.Mamatkulov;
– Ilmiy-tadqiqot ishlari – professor N.I.Xalilova;
– Ma’naviy-ma’rifiy ishlar – Q.A.Azizov;
– Mustaqil izlanuvchilar monitoringi – dotsent M.L.Saipova; axboroti
– To‘garak faoliyati bo‘yicha – S.X.Isakov;
– O‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha – dotsent D.S.Abdullajonova.
Yо‘nalishlar bо‘yicha sо‘zga chiqqanlar, hisobot yili mobaynida amalga oshirilgan ishlarning kо‘rsatkichlarini aniq raqamlarda qiyosiy tahlil etib berishdi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy baho berilib, kelgusida bunday holatlarga yо‘l qо‘ymaslik masalalari atroflicha muhokama etildi.
E’tirof etish zarurki, 2023-yil kafedra faoliyatida bir qator yutuqlarga boy yil sifatida yodda qoldi. Xususan:
– kafedra tarixida ilk bor 262B-o‘quv guruhi kursanti Eshtilovov Sardor Islom Karimov nomidagi nomdor stipendiyasi sovrindori bo‘ldi;
– kafedra professori psi.f.d., professor Xalilova Nargiza Ikromaliyevna “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
– kafedra dotsenti psi.f.b.f.d. (PhD) Abdullajonova Dilnoza Sultonbekovna psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
– kafedra katta o‘qituvchisi p.f.b.f.d. (PhD), dotsent Mamatkulov Davlatjon Maxamatjonovich falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
– kafedra katta o‘qituvchisi Isakov Sanjar Xazratkulovich p.f.b.f.d. (PhD) ilmiy darajasini beruvchi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
– “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini oish, ularga tarbiyaviy-psixologik motivatsiya beruvchi qisqa hajmli, ta’sirchan ijtimoiy videoroliklar yaratish” nomli maqsadli loyiha yakuniy ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tdi;
– Universitet bazasida respublikaning nufuzli oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari (8 ta OTMdan 9 ta jamoa) o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovda Universitetning “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi 3-bosqich kursantlaridan iborat “Harbiy psixologlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy hisobot yig‘ilishida 2024-yilda yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga ham alohida urg‘u berilib, quyidagi masalalar ustuvor bо‘lishi belgilandi:
– o‘quv mashg‘ulotlari sifatini yanada oshirish, o‘qitishning yangi metodikalarini yaratish va ta’lim jarayoniga faol qo‘llab borish, yetakchi olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirokidagi mahorat darslarini yanada ko‘paytirish;
– fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni Situatsion markazda simulyatsion dastur hamda vositalar yordamida o‘tkazilishini tashkil etish;
– kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yangilab borish, yangi avlod darsliklarini, xususan elektron adabiyot va dasturlarni yaratish;
– professor-о‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari, “dotsent”, “professor” ilmiy unvonlarini olish;
– “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni olish uchun hujjatlar rasmiylashtirish;
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi adabiyot” tanlovida ishtirok etish uchun adabiyotlar yaratish va tanlovga taqdim etish;
– “Favqulodda (ekstremal) sharoitlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari bo‘lajak ofitserlarini psixologik tayyorlashning simulyatsion laboratoriyasini yaratish” nomli maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish;
– kafedra professor-o‘qituvchilarining H-indeksini oshirib borish;
– “Yosh pedagoglar va psixologlar” to‘garagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish va boshqalar.
Yig‘ilishda 2023-yil davomida kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yо‘nalishlaridagi faoliyatida alohida tashabbus kо‘rsatgan, erishilgan yutuqlarga munosib hissa qо‘shgan professor-о‘qituvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.