«JAMOAT XAVFSIZIGINI TA’MINLASH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘yicha
Jamoat xavfsizligi Universitetida 2022 yil 26 aprel kuni soat 14:30da «Jamoat xavfsizigini ta’minlash: milliy va xorijiy tajriba» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada quydagi sho‘balar faoliyat ko‘rsatadi:
- “Jamoat xavfsizligini nazariy-amaliy, tashkiliy-huquqiy ta’minlash: muammo va yechimlar.
- “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish masalalari;
- “Jamoat xavfsizligi tizimida axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari;
- Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari: siyosiy, harbiy, huquqiy, diniy, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Shu bilan birga «Jamoat xavfsizigini ta’minlash: milliy va xorijiy tajriba» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarini to‘plam shaklda chop etish rejalashtirilgan bo‘lib, konferensiya materiallariga quyidagi talablar qo‘yilgan:
ilmiy maqola va tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imloviy xatolarsiz, maqola anketasi bilan to‘liq to‘ldirilgan holda taqdim etilishi lozim;
ma’ruza matnlari Times New Roman shriftida hamda 14 o‘lchamdagi kegelda 1,5 intervalda, 4 bet (4 betdan kam bo‘lmasligi lozim) hajmda yozilgan bo‘lishi lozim;
maqolaning oxirida alohida ilmiy-nazariy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
matnni joylashtirishda, sahifaning chegaralari: yuqori va pastdan – 2,0 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, chapdan – 3,0 sm. o‘lchamda belgilanadi;
annotatsiya va kalit so‘zlar (uch tilda o‘zbek, rus va ingliz tillari)
ma’ruza tezislari elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
maqola mavzusi bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan so‘ng o‘ng tarafda muallif(lar)ning ilmiy darajasi va unvoni, ism va familiyasi, ish joyi, lavozimi, elektron pochtasi kichik yozuvlarda to‘liq ko‘rsatiladi va yana bir intervaldan keyin Tab yordamida avzas qo‘yilib, matn yoziladi.
Mualliflar maqola va tezislarda keltirilgan holatlar, statistik ma’lumotlar, ismlar, geografik nomlanishlar va boshqa ma’lumotlarning aniqligi uchun ma’sul hisoblanadilar.
Elektron matnlar 2023 yilning 16 apreligacha 99-876-24-41 telefon raqami va tallibayevumid@gmail.com elektron manzil bo‘yicha qabul qilinadi. Barcha talablarga javob bergan ma’ruza matnlari to‘plam shaklida chop etiladi. Ekspertizadan o‘tmagan, ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.