Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda. Jahon miqyosida mintaqaviy va lokal harbiy harakatlar, sayyoramizda kuzatilgan so‘nggi qonli to‘qnashuvlar bizni yana bir bor ogohlikka chaqirib, bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat er yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi. O‘zbekistonda islohotlar sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o‘rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, shuningdek milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Obyektlarning majmuaviy xavfsizlik tizimlari, natija va istiqbollar: xalqaro tajriba» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda Xitoy Xalq Demokratik Respublikasining bir qancha dunyo miqyosidagi etakchi kompaniyalarining vakillari, Rossiya Federatsiyasi, Qozoqston respublikasi va boshqa davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi MV AKT va AH instituti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Harbiy tuzilmalar faoliyatini ta’minlash bazasi, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan о‘quv markazi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyani quyidagi reja-ssenariy asosida o‘tkazildi:
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti O‘quv uslubiy boshqarmasi boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, polkovnik Achilov Farxod Bagadirovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Konferensiyada Xitoy Xalq Respublikasi «HIKVISION» kompaniyasi Projekt Solution Engineer janob Ye JIASHENG, «Safe And Smart City Solution» mavzusida ma’ruza qildi;
Rossiya Federatsiyasi Irkutsk shahri «SOKRAT» qo‘riqlash byurosi marketing bo‘limi boshlig‘i, Andrey Vladimirovich Stepanov «Интегрированный система безопасности PRITOK-A» mavzusida ma’ruza qildi;
Qozoqston Respublikasi Almati shahri, «AXIS Communications» kompaniyasi kalitli mijozlar bilan ishlar bo‘yicha menedjeri Meyrambek ATEYEV «Innovating for a smarter, safer world» mavzusida ma’ruza qildi;
Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri «TwinPro» MChJning sotuvni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishi rahbari Fomechov Pavel Vladimirovich, kompaniyalar guruxi loyixasining rahbari Igor Vladimirovich Zubkov, «TwinPro Project Produkts. Комплексные решения для обеспечения безопасности на объекте» mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti «Axborot texnologiyalari» sikli boshlig‘i, polkovnik Erkin Elmirovich Marupov, «Роль ситуационных центров при обеспечении охраны объектов» mavzusida ma’ruza qildi;
“Haytera” kompaniyasi vakili O‘zbekiston Respublikasi «ELEKTROAPPARAT» MChJ bosh menedjeri Evgeniy Valereyvich Mirkulov, «Обеспечение радиосвязи в подразделениях общественной безопасности: текущее состояние и перспективы развития» mavzusida ma’ruza qildi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlashni muhandislik- texnik ta’minlash kafedra”si dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, polkovnik Andrey Yureyvich PEN «Ключевые проблемы в подготовке военных кадров по техническим дисциплинам» mavzusida ma’ruza qildi;
Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.
Anjuman o‘zaro bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘riqlash faoliyatini texnik takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni qo‘riqlanishini ta’minlovchi, sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish alohida ta’kidlandi.
Konferensiya yakunida Universitet “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minlash” kafedrasi maxsus o‘quv sinflari va laboratoriya xonalarining zamonaviy muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi va shu bilan bir qatorda Universitet Harbiy ilmiy jamiyati qoshida kafedraning malakali professor va o‘qituvchilari tarkibi boshchiligida mutaxassis kursantlari ratsionalizatorlik va ixtiro ishlarini namoish etildi.