Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi

Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi

O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi, "jinoiy huquqiy fanlar" kafedrasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida joriy yilning 6-aprel kuni "Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Konferentsiyada yurtimizning taniqli temurshunos olimlari, Amir Temur shaxsi va faoliyati, ma'naviy merosini tadqiq etayotgan bir qator etakchi tadqiqotchilar shunindek, elimiz ardog'idagi xalq artistlari ishtirok etdi. Mazkur ilmiy anjumanda professor hamda tarixchi olimlar tomonidan "Amir Temurning jahon tarixida tutgan o'rni", "Amir Temur ilm fan va madaniyat homiysi", "Amir Temurning huquqiy qarashlari" mavzularida ma'ruzalar tinglandi. Ma'ruzalar davomida Amir Temur siymosining O'zbekiston davlatchiligini bunyod etishda, davlat va xuquq asoslarini yanada takomillashtirishda, jamiyatda ma'naviy etuklik, ilm-fan rivojida muhim o'rin tutishi va Amir Temur ma'naviy merosini harbiy xizmatchilarning harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim o'rni ochib berildi. Ayniqsa, anjumanga taklif etilgan O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minovning chiqishi konferentsiya ishtirokchilarining yodida qoladigan bo'ldi. Anjuman davomida O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot izlanishlarini yanada takomillashtirishda, Temuriylar tarixi davlat muzeyi milliy arxivi materialari, noyob ilmiy adabiyotlardan foylanish, harbiy ta'limda qo'llash imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, konferentsiyada Milliy gvardiya tasarrufidagi "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik liseyi o'quvchilari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan chiqishlari ham tinglandi. Konferentsiya so'ngida universitet rahbariyati tomonidan ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

770
Chop etish
Text to speech