Amir Temur - buyuk sarkarda va davlar arbobi

Amir Temur - buyuk sarkarda va davlar arbobi

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan joriy yilning 6 aprelь kuni Аmir Temur tavalludining 687 yilligiga bagʼishlangan “Аmir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʼtkazildi. Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda Oʼzbekiston Resupblikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” yetuk mutaxassislari, Oʼzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-oʼqituvchilari, Mudofaa vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ofitserlari oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Binobarin, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼbiri bilan aytganda, Buyuk sohibqiron Аmir Temur bobomizning:  «Аdolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz boʼlsin!» degan chuqur maʼnoli soʼzlari har birimiz uchun hayotiy eʼtiqodga aylanishi zarur. Аmir Temur siymosi, yuksak maʼnaviy fazilati, harbiy jangi sanʼati, buyuk sarkarda harbiy merosini oʼrganishda yangi yondashuvlar kabi mavzularda qilingan maʼruzalar asosida bir qator takliflar ilgari surildi.
Jumladan,
Аmir Temur harbiy taktikasi va jang sanʼatini kursantlarga keng qamrovda yetkazish maqsadida “Buyuk sarkardalar harbiy merosi” nomli oʼquv fanlarini joriy etish;

1.Аmir Temur va buyuk sarkardalarimiz harbiy strategiyasini harbiy oliy taʼlim muassasalarida chuqur oʼrganish;
2.Аmir Temur harbiy merosi va harbiy vatanparvarlik fazilatlari doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
3.Аmir Temurning harbiy sarkardalari jangavor faoliyati yuzasidan turkum risolalar yaratish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 
Ushbu ilmiy-amaliy konferentsiya natijalaridan mamlakatimiz Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy faoliyatida istiqbolda foydalanib yangi ilmiy izlanishlarni olib borish, oʼquv-uslubiy faoliyatni takomillashtirishda foydalaniladi. Konferentsiya soʼngida universitet rahbariyati tomonidan ishtirok etgan hamkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirilib, konferentsiyaning amaliy ishtirokchilari boʼlgan mutaxassislarga tashakkurnomalar taqdim qilindi.

1024
Chop etish
Text to speech