Pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari: xalqaro amali…

Pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligi yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas'ul davlat tuzilmalariga o'z faoliyatini "barcha sa'y-harakatlar inson qadri uchun" degan ustuvor g'oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda. Jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi sayyoramizda so'ngi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko'rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat er yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o'zaro bog'liq ekanini, o'rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o'ta muhimligini isbotladi. O'zbekistonda pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o'rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o'zaro fikr almashish, shuningdek milliy Qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetida "pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari: xalqaro amaliyot va milliy tajriba" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi. Konferensiyada milliy ta'lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Turkiya va boshqa davlatlarning oliy harbiy ta'lim muassasalari va professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bojxona instituti, Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mintaqaviy o'quv markazlari va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Temurbeklar maktabi" professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Konferensiyani O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti boshlig'ining birinchi o'rinbosari yu.f.D., professor Mirakulov Miravzal Mirodilovich kirish so'zi bilan ochib berdi. Konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining o'rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich "pandemiya sharoitida jamoat tartibini saqlashda harbiy xizmatchilar ahloqiy-ruhiy ta'minotini ta'minlash masalasi" mavzusida ma'ruza qildi; 

Shuningdek, anjumanda Turkiya jandarmeriya va sohil bo'yi xavfsizligi akademiyasi, Koreya Milliy polisiya universiteti xalqaro polisiya, O'zbekiston Respublikasi sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiya davomida ma'ruzachilar konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferensiya kun tartibiga qo'yilgan masalalar qizg'in muhokama qilindi.

605
Chop etish
Text to speech