Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi boshligʼi Sh.Аkramova tomonidan Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Mustaqillik MFY, Istiqlol koʼchasi 54 uyda joylashgan Bolalar uyi faoliyatini oʼrganildi.Ushbu Bolalar uyida 50 nafar tarbiyalanuvchi, ulardan oʼgʼil bolalar 23 nafar, qiz bolalar 27 nafarni tashkil qiladi.Bolalar uyida 26 nafar tarbiyachi faoliyat yuritadi. Oʼrganish jarayonida tarbiyachilarning ish hujjatlari bilan tanishildi. Tarbiyachilar oʼz tarbiyalanuvchilari bilan olib boradigan mashgʼulotlari va taʼlim-tarbiya jarayoni, yillik, kundalik ish rejalari bilan tanishildi. Tarbiyachilarni oʼz ustida ishlash daftari asosida amalga oshirilayotgan ish faoliyatlari hamda tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik-psixologik va korrektsion ishlar amalga oshirish jarayoni oʼrganildi.Tarbiyachilarga ish faoliyatlarini oʼrgangan holda, ularga kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.