Joriy yilining 7-dekabr kuni Turkiya Respublikasi Istanbul shahri Jandarmeriyasi qо‘mondoni general-leytenant Yusuf Kenan Topchu boshchiligidagi delegatsiya О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan kо‘zlagan asosiy maqsad О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati, infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish, kelgusida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida tajriba almashish masalalarini muhokama qilish. Delegatsiya vakillari bilan uchrashuv mobaynida Universitet boshlig‘i delegatsiya a’zolariga ikki tomonlama hamkorlik a’loqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan tashrif uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Shu bilan birga, Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi va sohil xavfsizligi akademiyasi bilan imzolangan memorandum va protokol yuzasidan amalga oshirilayotgan ikki tomonlama hamkorlik ishlari haqida to‘xalib o‘tildi va Universitet tarixi, faoliyati, ta’lim sohasida yangi-harbiy va fuqaroviy aralash o‘qish tajribasi to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi qisqa videorolik namoyish etildi. Shuningdek, Turkiya Respublikasi delegatsiyasi rahbari general-leytenant Yusuf Kenan Topchu tashkil etilgan tadbir uchun o‘z mamnuniyatini bildirib, Universitetda tashkil etilgan ta’lim jarayonlari bo‘yicha alohida qiziqish bildirdi. Delegatsiya vakillari harbiy va fuqaroviy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan gibrid usuldagi ta’lim jarayonlarini tashkil etilganligi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyatini tashkil etilganligi, mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish borasida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga tayyor ekanliklarini bildirishdi.