Barchamizga ma’lumki so‘ngi yillarda mamlakat rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami kengaymoqda. Xususan korrupsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi mahsulidir. Jumladan, davlat rahbarining jamiyatni «halollik vaksinasi bilan emlash» zaruriyati haqidagi fikrlari bu boradagi ishlarga qo‘yilgan tamal toshi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19 dekabrdagi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimida oldimizda turgan asosiy 5 ta maqsadni sanab o‘tdilar. Shuningdek, Prezidentimizning yoshlarni va yangi avlodning ongi va shururini “halollik vaksinasi” bilan emlash kerak degan ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida "JINOYАT HUQUQI BILIMDONI" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlovi milliy va transmilliy darajadagi jinoyatlarni o‘rganish, ushbu jinoyatlarning oqibatlariga ko‘ra kvalifikatsiya qilish, jinoyatlarni boshqa jinoyatlar bilan sodir etilganida jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilish masalalari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarning nazariy va amaliy tahlil qilish maqsadida tashkil etildi. Mazkur ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, Toshkent Davlat Yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, xodimlari ishtirok etdi. Kelajakda shu kabi do`stona tadbirlar, Respublika miqiyosidagi bellashuvlar uchun zamin yaratadi deb hisoblaymiz.
Ko‘rik-tanlov quyidagi reja-ssenariy asosida o‘tkazildi:
Ko‘rik tanlov davomida ishtirokchilar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar.
1-shart. “Tanishtiruv”.
Ushbu shartda jamoalardan o‘zlari tahsil olayotgan muassassadagi jinoyat huquqi fanidan bilimlarini va zehn imkoniyatlarni she’riy chiqish, videoroliklar va boshqalar orqali ta’riflab berishdi.
2-shart. “Savol-javob”.
Ushbu shartda Komissiya tarkibi tomonidan barcha jamoalarga bir vaqtda jinoyat huquqi fanidan o‘qitiladigan umumiy qism mavzularga oid jami bo‘lib 10 ta savol ketma-ketlikda berildi.
3-shart. “BLITS savollar”.
Ushbu shartda jamoalardan “Korrupsiyaga qarshi ta’lim” g‘oyasi asosida, korrupsiya jinoyati va bu illat bilan kurashishga qaratilgan islohotlarga bag‘ishlangan blits savollar namoyish etildi.
4-shart. “Saxna ko‘rinishi”.
Ushbu shartda jamoalardan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilagn chora-tadbirlar, va jinoyat va jazo bilan bog‘liq islohotlarga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishi so‘raldi. Hakamlar xay’ati tomonidan shartlar baholanib borildi. Ko‘rik tanlov natijasiga ko‘ra g‘oliblar munosib tarzda taqdirlandilar.