"O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini bilasizmi?”

"O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini bilasizmi?”

O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti fuqaroviy-huquqiy fanlar va Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedralari tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan universitet kursantlari va talabalari o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini bilasizmi?"mavzusida ko'rik-tanlovi mavzusida ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik-tanlov universitet boshlig'ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo'yicha o'rinbosari polkovnik I.Maxmudov tomonidan ochib berildi. Unda universitetning kursantlari va talabalari tomonidan tayyorlangan jami 6 ta jamoa o'zaro bellashdilar.
Hakamlar hay'ati tomonidan jamoalarga qo'yilgan baholar hisoblanib chiqilib, natijalar e'lon qilindi. Unga ko'ra, maxsus fakultetning fakultetning 3-kurs talabalaridan tuzilgan "Advokatlar" jamoasi 1-o'rinni, 1-kurs talabalaridan tuzilgan "huquqshunoslar" jamoasi 2-o'rinni, 4-kursantlar batalonining "Bobir izdoshlari" jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Universitet rahbariyati tomonidan g'olib jamoalarga diplom va sovg'alar topshirildi. Shuningdek, faol ishtirokchilarga esa universitet boshlig'ining tashakkurnomasi taqdim etildi.

826
Chop etish
Text to speech