Joriy yilning 23-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi professor-o'qituvchilari tarkibi bilan o'quv-uslubiy yig'in o'tkazildi. Professor-o'qituvchilar jamoasi Universitetning zamonaviy o'quv-moddiy texnik bazasi bilan tanishish qatorida tajriba ham almashildi. Tashrif mobaynida kelgusida muassasalar o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida tashrifni Universitet hududida tashkillashtirish taklifi berildi.