O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligi va Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan respublikamiz oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, iqtidorli yoshlari va yosh olimlari ishtirokida anjuman tashkil etildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidan professor-o‘qituvchilar, doktoranti va iqtidorli kursantlari faol ishtirok etishdi. Anjuman ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ratsionalizatorlik va ixtirochilik loyihalari hamda dasturiy ta’minot loyihalari mutaxassis ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. Jamoat xavfsizligi universitetining quyidagi 3 nafar harbiy xizmatchilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Yoshlar Akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi hamda esdalik nishoni va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandilar: Universitet Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan Mambetsharipov Yusup Raxatovich; Universitet Bakalavriat fakulteti 242-o‘quv guruhi kursanti Mirvoxidov Bekzod Miraziz o‘g‘li; Universitet Bakalavriat fakulteti 243-o‘quv guruhi kursanti Boyqobilov Toxirbek Oripovich. Shuningdek, qolgan ishtirokchilar faol ishtirok etganligi uchun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Bu natijalar Universitet iqtidorli kursantlarining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida o‘z ustida muntazam ishlashlarining yaqqol namunasidir. Universitet Iqtidorli kursantlari tomonidan 30 ta ratsionalizatorlik loyihalari tayyorlangan, 258 ta maqolalari “Iqtidorli kursantlar” ilmiy-amaliy jurnalida maqolalari nashr etilgan.