Joriy yilning 4-23 dekabr kunlari Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari guruh komandirlari va aloqa mutaxassislarining malakalarini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi. O‘quv jarayonida ilg‘or texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llanilishi, mutaxassislarning tegishli vazifalar ijrosiga shaylik darajasini sifatli belgilashga va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvoffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qildi. O‘quv yig‘ini yakunidan so‘ng, tinglovchilarga tantanali tadbirlar davomida belgilangan na’munadagi sertifikatlar topshirildi.