Zamonaviy taʼlim kafedra faoliyatining asosi

Zamonaviy taʼlim kafedra faoliyatining asosi

Joriy yilning 4 mart sanasida Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash kafedrasida 2022-2023 oʼquv yilining birinchi yarim yilligi yakunlari hamda ikkinchi yarim yillikda belgilangan vazifalarga bagʼishlangan hisobot yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda kafedraning barcha professor-oʼqituvchilar tarkibi hamda Oʼquv-uslubiy boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik R.Xodiyev, Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi katta ofitseri, kapitan F.Rajabov, Tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil etish boʼlimi ofitseri, katta leytenant А.Omonovlar ishtirok etishdi. Yigʼilish kafedra boshligʼi podpolkovnik Z.Аlimardonov tomonidan olib borildi. Kafedra boshligʼi oʼz chiqishida kafedra professor-oʼqituvchilar tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan oʼquv ishlariga toʼxtalib oʼtdi. Shundan soʼng kafedrada oʼquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy hamda mustaqil tadqiqotchilar faoliyati monitoringi yoʼnalishlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mazkur sohalarga biriktirilgan masʼullar tomonidan tahliliy hisobotlarini taqdim etishdi. Hisobot yakunlari boʼyicha ikkinchi yarim yillik uchun oʼquv ishlari yoʼnalishida mashgʼulotlarni eng samarali pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, professor-oʼqituvchilar pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borish asosida sifatli taʼlimga erishish, oʼquv-uslubiy yoʼnalishda yangi avlod darsliklarini yaratish, ochiq, sinov va koʼrgazmali mashgʼulotlarni yanada sifatli tashkillashtirish,  ilmiy tadqiqot yoʼnalishida Scopus va Web of Science bazasida indekslangan jurnallarda maqolalarni koʼpaytirish, professor-oʼqituvchilarning h-indexda darajalarini oshirish,  maʼnaviy-maʼrifiy yoʼnalishda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yanada jadallashtirish hamda mustaqil tadqiqotchilar faoliyatining monitoringi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha vazifalar belgilab olindi. Yigʼilish yakunida birinchi yarim yillikda namunali faoliyat olib borgan professor-oʼqituvchilar Universitet boshligʼining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi hamda kafedraning mazkur tajribasi Oʼquv-uslubiy boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik R.Xodiyev tomonidan yuqori baholanib, uni Universitet miqyosida ommalashtirishga doir takliflar berildi.

366
Chop etish
Text to speech