Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʼrinbosari - Oʼzbekiston Respublikasi harbiy …

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʼrinbosari - Oʼzbekiston Respublikasi harbiy prokurori general-mayor U…

Tashrif davomida mehmonlar Universitet oʼquv binosi, Аxborot-resurs markazi, oʼquv auditoriyalari, Аmaliy koʼnikmalar markazi, Oʼquv uslubiy situatsion markaz, oshxona, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, otliq kavaleriya boʼlinmalari faoliyati, shuningdek,  kursantlarning oʼqib yashashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tanishuv davomida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʼrinbosari - Oʼzbekiston Respublikasi harbiy prokurori general-mayor Uzoqov Shuhrat Sharapovich ishtirokida universitet professor-oʼqituvchi va kursantlari bilan uchrashuv oʼtkazilib, oʼzaro fikr almashildi.
Taʼkidlash joizki, universitet jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlari boʼyicha jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi uchun harbiy diplomatiya, yurisprudentsiya, iqtisodiyot, shuningdek muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qoʼmondonlik-taktik faoliyat sohalari boʼyicha Qurolli kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi.
Hozirgi kunda universitetda 43 nafar fan doktori (DSc), 90 nafar fan nomzodi (PhD), 29 nafar professor va 103 nafar dotsent oʼz faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.
Kelgusida Respublika Harbiy prokuraturasida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishda universitet oʼquv-moddiy bazasidan foydalanish yuzasidan oʼzaro kelishildi.

484
Chop etish
Text to speech