Yuqori mаlаkаli kаdrlаr mаmlаkаtning ishonchli poydevori

Yuqori mаlаkаli kаdrlаr mаmlаkаtning ishonchli poydevori

Barchaga maʼlumki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berilishi taklif qilinib, taʼlim sifatini oshirilishi esa Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʼgʼri yoʼlidir deb taʼkidlab oʼtildi. Hozirgi kunda dunyoning yetakchi mamlakatlari kadrlar tayyorlash siyosatida yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning eng samarali shakllari va vositalari ishlab chiqilmoqda. Har qanday mamlakat qudratini esa shu mintaqada shakllanayotgan yetuk kadrlar salohiyati belgilab beradi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-aprelda PQ-5077-son qaroriga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tashkil etildi va boshqalar qatorida Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oʼz qoʼriqlash tuzilmalariga ega boʼlgan davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari uchun muhandislik-texnik, qoʼriqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasiga malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida belgilandi. Hozirgi vaqtda Universitetda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruktsiya ishlari doirasida oʼquv-moddiy texnik baza xalqaro standartlarga mos ravishda jihozlandi. Xususan, qoʼriqlash faoliyati sohasiga bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari hamda magistratura mutaxassisligi boʼyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydigan “Qoʼriqlashni muhandislik-texnik taʼminoti” kafedrasining maxsus oʼquv-laboratoriya bazasi ham qaytadan jihozlandi. Bu ishlarga Milliy gvardiya Qoʼriqlash bosh boshqarmasi ham salmoqli hissasini qoʼshib, “Pritok-А”, “TEKO” kabi integrallashgan qoʼriqlash va videokuzatuv tizimlari bilan kafedraning maxsus sinfxonalarni jihozlashga begʼaraz koʼmaklashdi. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qoʼmondoni oʼrinbosari – Qoʼriqlash bosh boshqarmasi boshligʼi Maʼmurjon Jamoliddinovich Ganiyevga va uning jamoasiga oʼz minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusida oʼzaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib borishiga ishonch qilamiz.

614
Chop etish
Text to speech