O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari miqyosida davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish boʼlimi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida hamda “Yangi yil bayrami” munosabati bilan joriy yilning 25-dekabr kuni Universitet harbiy xizmatchilari uchun arzonlashtirilgan qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Oʼtkazilgan yarmarkada viloyatdagi fermer xoʼjaliklari, ishlab chiqaruvchilar oʼzlari yetishtirgan mahsulotlarni bozordagidan arzon narxda harbiy xizmatchilarga taklif etdi.