Yangi Oʼzbekistonda davlat va huquq tarixining dolzarb masalalari

Yangi Oʼzbekistonda davlat va huquq tarixining dolzarb masalalari

Joriy yilning 8 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor Boboyev Halimboy Boboyevichning 80 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekistonda davlat va huquq tarixining dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy anjumani boʼlib oʼtdi.

Dastlab, ilmiy anjumanga tashrif buyurgan mehmonlar Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy orkestri tomonidan musiqa sadolari ostida kutib olindi.
Mazkur ilmiy anjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Oʼzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni dastlab, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, yu.f.d., professor, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovich “Professor Boboyev Halimboy Boboyevichning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati” mavzusida kirish soʼzi bilan ochib berdi.
Shundan soʼng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʼrinbosari, yuridik fanlari doktori, professor, akademik Saidov Аkmal Xolmatovich “Yangi Oʼzbekistonda davlat va huquq nazariyasi va tarixiga oid muhim masalalar”, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Bobobekov Haydarbek Nazirbekovich “Oʼzbek davlatchiligi tarixini oʼrganishning ahamiyati” mavzusida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Faxriylar kengashi raisi Shermatov Ermuhammad Shermatovich “Boboyev Halimboy Boboyevichning huquqshunos kadrlar tayyorlashga qoʼshgan hissasi” kabi maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda koʼplab professor hamda olimlar ishtirok etib, Ustoz Halimboy Boboyev haqida koʼplab qiziqarli va kelajak avlodga oʼrnak boʼladigan muhim maʼlumotlarni yigʼilganlarga taqdim etdilar.

Hulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, tarixda buyuk insonlar koʼp boʼlgan deyishadi. Аslida bunday buyuk insonlar oramizda ham talaygina. Faqat ularning buyukligi kamtar va samimiyligida, shogirlariga boʼlgan munosabatida va ilf-fanga umrini bahshida etganidadir. Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati va shaxsiy tarkibi professor Boboyev Halimboy Boboyevichni 80 yoshni qarshilagani munosabati bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sogʼliq, baxt-saodat va yangi zafarlar tilaydi.

576
Chop etish
Text to speech