Bugun “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi nafas – ekiden” jamoalar o‘rtasidagi estafeta musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va boshqa turli tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Mazkur musobaqada 100 ga yaqin sport jamoalari hamda 700 dan ortiq harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot xodimlari, koʻngilli yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. “Yangi Nafas – ekiden” estafetasining umumiy masofasi 22,26 kilometrni tashkil etdi. Natijalarga ko’ra, harbiy ayollar o’rtasida 1-o’rinni Mudofaa vazirligi jamoasi, 2-o’rinni Milliy gvardiya jamoasi, 3-o’rinni PDXX jamoasi qo’lga kiritdi. Shuningdek, jamoamiz aralash (miks) yo’nalishida ham 2-o’rinni egalladi.
"YANGI NAFAS-EKIDEN" yugurish musobaqasida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi oliy ta'lim muassasalari o'rtasida faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, ushbu musobaqaning jamoaviy aralash yo'nalishida Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo'limi katta ofitseri katta leytenant Abrorbek Tursunboyev hamda guruh komandiri katta leytenant Alina Hakimovalar Milliy gvardiya terma jamoasi safida ishtirok etdi va faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. G'oliblarga 5 000 000 so'm pul mukofoti hamda musobaqaning medallari topshirildi.