Yangi darsliklar nashri

Yangi darsliklar nashri

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan tayyorlangan “Kasbiy psixologiya” darsliklari nashr etildi.

“Patrul-post xizmati faoliyatining qoʼmondonlik-taktik”, “Yoʼl-patrul xizmati faoliyatining qoʼmondonlik-taktik”, “Pasport tizimini huquqiy taʼminlash” yoʼnalishlari uchun “Kasbiy psixologiya” fanining  oʼquv dasturlari asosida tayyorlangan darsliklarda sohaviy xizmat yoʼnalishlarining psixologik jihatlari va oʼziga xos xususiyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan psixologik aloqa hamda ishonchli munosabat oʼrnatish, ularga qonun doirasida psixologik taʼsir koʼrsatish, fuqarolarning turli xulq-atvor shakllari va ruhiy-emotsional holatlari, imo-ishora, mimika, yuz ifodasi, harakatlanish, muomalani psixologik jihatdan tushunishga oid nazariy va amaliy tushuncha, bilimlarni oshirish va mustahkamlashga qaratilgan tajribalar oʼz ifodasini topgan.

Darslik Universitetning yuqoridagi yoʼnalishlarida tahsil olayotgan kursantlari uchun yetarli miqdorda nashr etilib, Аxborot-resurslar markaziga joylashtirildi.

348
Chop etish
Text to speech