O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79 son farmoyishi ijrosi yuzasidan, joriy yilning 21-dekabr kuni Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 326-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda umumiy maktab qoshida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasida o‘quvchilar о‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari, “Siz ingliz tilini bilasizmi?”, “Kompyuter savodxonligi”, “Tasviriy san’at mо‘jizalari” nomli tanlovlar tashkil etildi. Shuningdek, tadbirda Universitet kursantlarning harbiy kо‘rgazmali chiqishlari va jangovar harakatli sahnalari ishtirokchilarga kо‘taringki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir sо‘nggida sport musobaqalari, ingliz tili, kompyuter saboqlarini eng yaxshi о‘zlashtirgan g‘oliblar va eng yaxshi tasviriy san’at namunalari, eng yaxshi she’riyat aytish va raqs san’ati harakatlari bо‘yicha g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlardan kо‘zlangan asosiy maqsad о‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida ona-Vatanga sadoqat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, bolaligidanoq jismoniy va aqliy mehnatning uyg‘unligini anglashi, sportga ishtiyoqlarini oshirish hamda bо‘sh vaqtlarini unumli о‘tkazish asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari profilaktikasini amalga oshirishdan iboratdir.