Joriy yilning 1-2 oktabr kunlari poytaxtdagi “INNO Texnopark” binosida ilk bora NASA tomonidan 2012-yildan beri o‘tkazib kelinadigan Xakaton o‘z g‘oliblarini aniqladi. Ikki kun davomida O‘zbekiston yoshlari kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida o‘zlarining bilim, salohiyat va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Loyihaning asosiy maqsadi bu NASAning ochiq ma’lumotlaridan foydalangan holda ishtirokchilar kosmosning eng dolzarb bo‘lgan muammolarini yangicha yondashuv va qarash bilan yechim topishdan iboratdir. Bu orqali keng jamoatchilik orasida fazoviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishni orttirishdir. Xakaton davomida jamoalar kosmik tadqiqotlar missiyalarini targ‘ib qilish va yerdagi hayotni yaxshilash muammolarini hal qilishda o‘z qarashlarini loyihalari orqali namoyon etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Xakatonda “SpaceY” g‘olib deb tan olindi. Jamoat xavfsizligi universiteti doktoranti kapitan Mambetsharipov Yusup Raxatovich “SpaceY” jamoasi bosh dasturchisi (Mentor) sifatida qatnashdi. Loyiha yakuniga ko‘ra kapitan Y.R.Mambetsharipov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan 30.000.000 so‘m miqdorida mukofot hamda Notebook kompyuter bilan taqdirlandi. Loyiha nomi “EARTH DATA ANALYSIS” qurilmasi ishlab chiqilib, u NASA tomonidan tekshirilib fazoda o‘z faoliyatini boshladi. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni har yili Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan «InnoWeek.uz» xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida iqtidorli yoshlarni qoʼllab quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
3 kun davomida – 17-18-19 oktabr kunlari boʼlib oʼtgan marafonning final bosqichida hududiy bosqichlarda saralab olingan 90 nafarga yaqin ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi doktoranti kapitan Y.R.Mambetsharipov rahbarligida iqtidorli kursantlar Jumayev Diyor Obitjon o‘g‘li hamda Hamidullayev Asadbek Ikrom o‘g‘li ham oʼz loyihalari taqdimoti bilan faol ishtirok etdilar. Mazkur marafonda ishtirokchilar uchun texnologik rivojlanish marafoni doirasida tajribali spikerlar tomonidan maʼruza va treninglar tashkil etildi.
Jamoat xavfsizligi universiteti marafonni Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.