Tilga e'tibor - elga e'tibor

Tilga e'tibor - elga e'tibor

O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni o'rganish” kafedrasi tomonidan joriy yilning 19-oktabr kuni “Tilga e'tibor – elga e'tibor” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi. Anjumanni Universitet boshlig'ining birinchi o'rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor, p/p-k M.M.Mirakulov kirish so'zi bilan ochib, mazkur konferensiyaning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligini ta'kidlab o'tdi. Tadbirda, shuningdek, O'zDJTU, O'zMU, FVV Akademiyasi va boshqa oliy ta'lim muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etishdi. Konferensiyaning kursantlar tomonidan tashkillashtirilgan badiiy qismi qatnashchilarda ulkan taassurot qoldirdi.

558
Chop etish
Text to speech