Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi davom et…

Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi davom etmoqda

Yurtimizda hozirgi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dirasida mamlakatamiz boʼylab turli hil mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini ekish boʼyicha keng koʼlamda amaliy ishlar amalga oshiririlmoqda va bu jarayon hozirda keng quloch yozib, umummilliy harakatga aylanganligi kishini quvontiradi.  Xususan, bugun ushbu umummilliy harakatda soha vakillarining ham munosib hissasi taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi ofitserlari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati boshchiligida universitet hududida koʼchat ekish marosimi oʼtkazildi. Аtrof-muhit musaffoligini taʼminlashda daraxtlarning oʼrni juda katta boʼlib, fotosintez jarayonida daraxtlar ajratadigan kislorod toza havodan nafas olishimizni taʼminlab beradi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʼlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

418
Chop etish
Text to speech