Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati direktori Alisher Sadullayev hisobot yig‘ilish tadbirida 2023-yil davomida taklif va loyihalari bilan jamoatchilikda muntazam faol bo‘lgan, shuningdek turli loyihalarni o‘tkazishda amaliy yordam berib kelgan bir guruh yoshlarni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Taqdirlangan yoshlar orasida Jamoat xavfsizligi Universiteti maxsus fakultet talabasi Sotvoldiyeva Nodirabegim ham bor.