Joriy yilning 30-noyabr kunidan 2-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida “Muhim halqaro siyosiy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash” mavzusida ikki bosqichdagi strategik harbiy ish o‘yini maxsus-taktik o‘quvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakultetining “Davlat va harbiy boshqaruv” kursi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistraturasining “Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” mutaxassisligi tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbirning ikki bosqichli strategik harbiy ish o‘yini maxsus-taktik o‘quv rejasiga asosan, o‘quvda ko‘zda tutilgan mansabdor lavozimlarda, Universitetning “Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan jami 10 nafar tinglovchilar yuklatilgan xizmat vazifalarini belgilangan muddatlarda kamchiliklarsiz bajarishga erishishdi. Tinglovchilar tomonidan amalga oshirilgan vazifalar o‘quv yig‘ini rahbariyati tomonidan ijobiy baholandi va yuqori natijalarga erishgan tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.