Joriy yilning 17 iyul kunidan 26 avgust kuniga qadar 20 nafar Milliy gvardiya boʼlinmalaridagi rahbar kadr lavozimidagi ofitserlarini operativ-taktik boshqaruv boʼgʼinidagi ofitserlar tarkibini malaka oshirish kurslari oʼquv rejalari va dasturlari mashgʼulotlar 288 soat malakalarini oshirdi. Nazariy va amaliy mashgʼulotlar Universitet kafedralarining yetakchi oʼqituvchilari tomonidan maʼruza materiallari, ilgʼor texnika vositalaridan foydalangan holda olib borildi. Аyniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, yaʼni “aqliy hujum”, “klaster”, “bumerang”, “veer” (elpigʼich) hamda “Keys-stady”, “SWOT” texnologiyalaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Oʼqituvchilarning maʼruza, amaliy va guruh mashgʼulotlari jarayonida interfaol doskalardan ham keng koʼlamda foydalanib kelindi. 288 soatli oʼquv dasturi toʼliq oʼzlashtirilib, asosiy fanlar boʼyicha yakuniy nazorat muvaffaqiyatli topshirildi. Milliy gvardiya boʼlinmalaridagi rahbar kadr lavozimidagi ofitserlari bilan bitiruv tadbirlari oʼtqazildi.