2025 yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakulteti tashabbusi bilan “Zamonaviy yoshlarning ilmiy va innovatsion tashabbuslari: yangicha yondashuvlar va transformatsiyalar” mavzusida 2-respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Bu yilgi konferensiya ishiga respublikamizdagi 80 ga yaqin davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan 700 dan ziyod maqolalar kelib tushgan bo‘lib, yalpi majlis va sho‘balardagi 40 dan ziyod oliy ta’lim muassasasi talabalarining jami 100 dan ortiq ma’ruzalari tinglandi. Ahamiyati bu yilgi konferentsiyaning ko‘lami har jihatdan ortib, konferensiya ishiga kelib tushgan maqolalar asosida 9 ta qismdan iborat to‘plamlar nashr qilindi. Shu bilan birga anjumanga Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining bevosita kelib qatnashayotgani, onlayn platforma orqali Oliy ta’lim muassasalari anjuman ishini kuzatib borganligi ham uning ahamiyatidan dalolat berib turibdi. Shu bilan birga konferentsiya ishtirokchilari va oliy ta’lim muassasalarining yoshlar orasida ilm-fanni rivojlantirish, sifatli ta’lim berishda zamonaviy texnologiya va usullardan foydalanish va ijtimoiy ta’minot yo’nalishlarida bergan taklif va tashabbuslari majmuasi ham alohida tartibda chop etildi va davlat va nodavlat tashkilotlarga yuborilishi ko‘zda tutilgan.