UNIVERSITET TILLARNI O‘RGANISH KAFEDRASI TOMONIDAN “NAVOIY VA BOBUR MEROSINING YOSHLAR TAR…

UNIVERSITET TILLARNI O‘RGANISH KAFEDRASI TOMONIDAN “NAVOIY VA BOBUR MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI” MAVZUSI…

Ma’lumki, yurtimizda fevral oyi o‘zgacha shukuh bilan kutib olinadi. Negaki shu oyda she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, yirik davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, mohir sarkarda, boburiylar saltanatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari keng nishonlanadi. Joriy yilning 18-fevral kuni   O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Tillarni o‘rganish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, IV kursantlar batalyoni 401a-guruh kursantlari va Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, PhD Rahmonova Dildora Mirzakarimovna hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi professori, f.f.d., professor Xasanov Nodirxon Dadaxonovichlar bilan hamkorlikda “Navoiy va Bobur merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida adabiy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Navoiyshunos olima Rahmonova Dildora Mirzakarimovna she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi bo‘lgan buyuk siymo Alisher Navoiy asarlarining yoshlar tarbiyasida qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi, bugungi kunda bu masalaga yurtimizda alohida ahamiyat qaratilayotgani, bir qancha ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilayotgani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Boburshunos olim, professor Xasanov Nodirxon Dadaxonovich esa shoh va shoir, mohir sarkarda, boburiylar saltanatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, u yaratgan ilmiy va ma’naviy meros haqida ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbirda qatnashgan “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i Xursandov Alisher Suyunovich hamda kafedra dotsenti Latipov Oqil Jo‘raqulovichlar ham Hazrat Navoiy amalga oshirgan ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdilar, Navoiy haqida hikoyalardan namunalar keltirdilar, shuningdek 12 yoshida taxtga o‘tirib, yurt va xalq haqida g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga olgan, keyinchalik kuchli saltanatga asos solgan buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘lining ibratli jihatlarini yoritib berdilar. Shunisi diqqatga sazovorki, kursantlar ikki buyuk siymo haqida ham anchagina ma’lumotga ega ekanliklarini namoyish qilib, ular yaratgan adabiy asarlari, g‘azal va ruboiylaridan parchalar aytib berishdi. Adabiy-ma’rifiy kecha buyuk ajdodlarimizning izdoshlari orasida iqtidorli yoshlar ko‘pligini namoyon qildi. Ushbu buyuk siymolarimiz yaratgan ilmiy-adabiy meros yana ko‘p yillar davomida yoshlarning yo‘lini yoritib, ularni egzulikka, komillikka chorlashiga umid qilamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

103
Chop etish
Text to speech