Universitet rahbariyatining Universitet talabalari bilan uchrashuvi o'tkazildi.

Universitet rahbariyatining Universitet talabalari bilan uchrashuvi o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan  “Maxsus fakulteti talabalari bilan tanishtiruv haftaligi rejasi” ga asosan joriy yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i va universitet boshlig‘ining o‘rinbosarlari  Maxsus fakultet talabalari  bilan Universitetda uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda Universitet boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor polkovnik M.X.Rustambayev Maxsus fakultet talabalariga Universitetning tashkil etilish tarixi va universitetda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohоtlar, talabalar ta’lim olishi uchun yaratilgan barcha shart sharoitlar, universitet professor va o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 78 % yetganligini, professor-o‘qituvchilar tomonidan  darslarni o‘tish   tartibi hamda talabalarni ta’lim olishini qat’iy nazoratga  olishini, shuningdek talabalar tomonidan kiyim kiyib yurish tartibi, iqtidorli talabalarni doimo qo‘llab quvatlash hamda fan olimpiadasi va konkurslarda, ko‘rik tanlovlarda talabalar faol ishtirok etishi lozimligi borasida tushuntirishlar berib o‘tdi. Tadbirda Universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik O.K.Turg‘unov, Universitet boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik I.A.Maxmudovlar so‘zga chiqib, talabalarga o‘qish va ta’lim olish jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berib о‘tdi hamda amalga oshirilayotgan islohatlar, talabalarni ichki tartib qoidalari va odob-axloq talablariga rioya etish lozimligi hamda talabalarni ijtimoiy himoya sohasida qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi. Shuningdek tadbirda  talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

655
Chop etish
Text to speech