Universitet kursantlari “Psixologiya bilimdoni” respublika intellektual tanlovi gʼolibi

Universitet kursantlari “Psixologiya bilimdoni” respublika intellektual tanlovi gʼolibi

Taʼkidlash lozimki, ona-Vatanimiz – Oʼzbekiston Respublikasi inson qadri baland boʼlgan jamiyat qurish yoʼlida ildam odimlamoqda. Bunday ezgu maqsadlarga erishishda bilimli va vatanparvar yoshlar asosiy tayanch hamda suyanch boʼlib xizmat qiladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi PQ–96-son “Zakovat” intellektual oʼyinini aholi oʼrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʼyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori talablariga muvofiq, shuningdek, pedagogika va psixologiya yoʼnalishida tahsil oluvchi oliy va oliy harbiy muassasalarining talaba-kursantlari oʼrtasida intellektual sogʼlom raqobatni yuzaga keltirish, talaba-kursantlarning bilimga boʼlgan intilishlarini qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 17 noyabr kuni “22 noyabr – Xalqaro psixologlar kuni”ga bagʼishlangan “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovining navbatdagi ikkinchi mavsumi oʼtkazildi.
Tanlovda mamlakatimizning 8 ta nufuzli oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari – Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, IIV Аkademiyasi, Oʼzbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jamoat xavfsizligi universitetidan jami 9 ta jamoa “Tanishtiruv”, “Intellektual savodxonlik”, “Zakovat” shartlari asosida oʼzaro bellashdilar.
Tanlov shartlari Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari hamda professor-oʼqituvchilaridan iborat hakamlar hayʼati va ekspertlar tomonidan baholab borildi.
Tanlov natijalariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Harbiy psixologlar” jamoasi birinchi oʼrinni, Xalqaro islom akademiyasining “Yosh psixologlar” jamoasi ikkinchi o'rinni, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Insayt” jamoasi uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi va medal hamda tanlov stautetkalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, har bir jamoadan bir nafardan ishtirokchi «Eng faol ishtirokchi» nominatsiyasi boʼyicha hamda tanlovda qatnashgan hamkor oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

581
Chop etish
Text to speech