Universitet kursanti “Xalqaro toifadagi Oʼzbekiston sport ustasi” unvoniga ega boʼldi

Universitet kursanti “Xalqaro toifadagi Oʼzbekiston sport ustasi” unvoniga ega boʼldi

Respublika Sharq yakkakurashlari va jang sanʼatlarini rivojlantirish markazi tomonidan joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Toshkent shahrida 12 ta sport turlari federatsiyalari oʼrtasida “Sharq yakkakurashlari malikasi” respublika festivali oʼtkazildi. Mazkur festivalda Jamoat xavfsizligi universiteti 4-kursantlar batalyoni 1-bosqich kursanti Najmutdinova Mehrangiz Fayoz qizi 2 ta yoʼnalish boʼyicha yaʼni: usullarning maxsus texnikasi va usullarni koʼrgazmali namoyish etishlarni professional darajada bajardi. Natijada, faxrli birinchi oʼrinni egallab, “Sharq yakkakurashlari malikasi” festivalda gʼolibiga aylandi.
Shuningdek, ushbu tadbirda Universitet tarixida birinchi marta Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Najmutdinova Mehrangiz Fayoz qiziga Xapkido sport turi boʼyicha “Xalqaro toifadagi Oʼzbekiston sport ustasi” unvoni topshirildi.

370
Chop etish
Text to speech