Universitet kibersport bo'yicha musobaqa birinchiligi g'oliblari aniqlandi

Universitet kibersport bo'yicha musobaqa birinchiligi g'oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi  “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli Qarori hamda Universitet boshlig’ining     2023-yil 7-may kunidagi 283-son buyrug'iga muvofiq Universitet kursantlari, talabalari o‘rtasida tizimli ravishda musobaqa va turnirlarni o‘tkazish va ular orasidan iqtidorlilarini tanlash, axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada kengaytirish maqsadida, o‘quv-uslubiy situatsion markaz negizida "Counter-Strike 1.6" kibersport turi bo‘yicha ochiq turniri tashkil etilgan va o‘tkazildi. Turnir uch bosqichda o‘tkazilib, unda 16 ta universitet jamoasi ishtirok etdi. Turnir natijalariga ko'ra 2023-yil mavsum uchun quyidagi jamoalar g’olib bolib, sovrinlarni qo'lga kiritdi:

- 3-o‘rin 2-batalyon kursantlari jamoasi;

- 2-o‘rin 4-batalyon kursantlari jamoasi;

- 2023 yilgi turnirning 1-o‘rin chempioni, 1-batalyon kursantlari jamoasiga nasib etdi.

838
Chop etish
Text to speech