Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida sportning Аralash jang sanʼati turi boʼyicha 18-20 hamda 21 yoshdan katta havaskor sportchilar oʼrtasida Oʼzbekiston chempionati oʼtkazildi. Mazkur musobaqada Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi Obidov Rahimjon Obidovich murabbiyligi ostida shugʼullanib kelayotgan 251-oʼquv guruhi kursanti Shukurullaev Shuhrat Sherzod oʼgʼli ogʼir vazn toifasida faxrli 1-oʼrinni egalladi.
Shuningdek, Shuhrat Shukurullaev 20 yoshdan kattalar oʼrtasida jahon chempionatiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.