Ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz muhitni yaratish” va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuc…

Ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz muhitni yaratish” va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish boʻyicha aniq t…

2025-yil 3-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahar Chilonzor tumanida Jamoat xavfsizligi universitetining ishchi guruhi tomonidan jinoyatchilikni jilovlash va barvaqt oldini olish boʻyicha ilmiy yondashuv asosida oʻrganish ishlari olib borildi. Shu munosabat bilan, Chilonzor tumani hokimiyatida ishchi guruh, sektor rahbarlari hamda mahalla yettiligi faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda “Qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyat va jinoyatchilikning hozirgi holati, jinoyatlarning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligining huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish boʻyicha faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz muhitni yaratish” va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish boʻyicha aniq tavsiyalar berildi, shuningdek, “Qizil toifa”ga kiritilgan har bir mahalla uchun huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli metodikalar ishlab chiqildi. Shuningdek, “Sariq toifa”ga kiritilgan mahallalardagi muammolarni oʻrganish ishlari joylarda olib borilayotgani ta'kidlandi. Mahalla ettiligi va ishchi guruh oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi tushuntirilib, tegishli vazifalar va topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

 

 

115
Chop etish
Text to speech