Universitet lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi.

Universitet lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi.

Universitet Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

(Ofitserlik lavozimidagi harbiy xizmatchilar 21.02.03 – “Harbiy huquq, xalqaro huquqning harbiy muammolari”, 21.01.06 – “Harbiy ta’lim va tarbiya, jangovar tayyorgarlik, kadrlarni tanlash va joylashtirish, qo‘shinlarni kundalik faoliyatini boshqarish (Qurolli Kuchlar turlari, Qurolli Kuchlar front orti, qo‘shin turlari va maxsus qismlar bo‘yicha)” ixtisosliklari bo‘yicha):

  1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranturasi (DSc) – 2 nafar.
  2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktoranturasi (PhD) – 2 nafar.

 

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-may kunidagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaroriga asosan nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Doktorantura (DSc) ga nomzodlar uchun:
  • bildirgi;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektiv ma’lumotnoma);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati (3 ta ilmiy maqola, 2 ta ma’ruza tezis), shuningdek ularning nusxalari.
  • B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat**

 

  1. Tayanch doktorantura (PhD) ga nomzodlar uchun:
  • bildirgi;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektiv ma’lumotnoma);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati (1 ta ilmiy maqola, 2 ta ma’ruza tezis), shuningdek ularning nusxalari.
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
  • B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat**

 

**Asos: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-may kunidagi PQ-5117-son Qarorining 6-bandi 3-xatboshi “2022/2023 о‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin”

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabr kunidan 15-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun:

 

+998 (98) 311-12-34;

+998 (99) 066-77-47;

JXU@exat.uz

1465
Chop etish
Text to speech