Joriy yilning 17 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi professorlari M.Usmanova hamda Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi professori M.Аxmedovalar tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 22-sonli Mehribonlik uyida “Oilada xotin-qizlarning oʼrni, maʼnaviy qiyofasi va taʼlim olish huquqi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Universitet professor-oʼqituvchilari soʼzga chiqib, tarbiyalanuvchi qizlar bilan yaqindan suhbatda boʼlishdi, ularning taʼlim olishlari, jamiyatda xotin-qizlarning oʼrni, bugungi kunda respublikamizda qizlarning taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil soʼzlab berildi. Davra suhbatida Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi qizlar ham faol ishtirok etishib, oʼzlarining qiziqtirgan savollariga toʼliq va aniq javob olishdi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida tahsil olish niyatida boʼlgan qizlar uchun bu yerdagi sharoitlar va oʼqishga kirish tartib-taomillari tushuntirib oʼtildi.