Joriy yilning 7 mart kuni Oʼzbeksiton Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “HАYOTIMIZ GULI, OFTOBI АYOL” nomli bayram tadbiri oʼtkazildi. Tadbirda dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni hamda Universitet boshligʼining bayram tabrigi oʼqib eshittirildi. Shundan soʼng, bayram munosabati bilan barcha xotin-qizlar munosib taqdirlandilar. Tadbir davomida xotin-qizlar eʼtiboriga sanʼatkorlar tomonidan kuy va qoʼshiqlar ijro etildi. Shuningdek, munis ayollarimizga sana munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi.