Bugun 8-fevral kuni buyuk shoir g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan Ma’naviy-Ma’rifiy va Madaniy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti serjantlar tarkibi bilan tashkil etildi. Tadbirda dotsent, fiologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma‘naviyat va marifat markazi “Ma‘rifat” targ‘ibotchilari a‘zosi To‘lqin Eshbek ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy an’ana, qadriyat va qonunlarimizga hurmat qilish ruhida tarbiyalash.