Bugun yurtimiz bo’ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Umumxalq hayriya hasharida O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etmoqda. Mazkur xayriya hasharida harbiy xizmatchilar universitet hududiga har xil turdagi mevali va manzarali daraxt ko’chatlari va gullar ekib, ish joyini obod qilishmoqda.