O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-352-sonli qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy harbiy kadrlarni o'qitish va malakasini oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Bugun, joriy yilning 29-dekabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi ofitseri mayor Hasan Mert Yolcu Universitetning Tillarni o'rganish kafedrasi va Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tomonidan tashkul etilgan 3 oylik "OHTMlarda rus tilini o'qitish metodikasi" malaka oshirish kursini tamomlab, Turkiya Respublikasiga qaytib ketdi. O'qish davrida ochiq darslar va mahorat darslari o'tkazildi, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy markazlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
Kurs oxirida sertifikatlar va esdalik sovg'alari topshirildi, shuningdek, keyingi hamkorlik va tinglovchilar almashinuvi bo'yicha takliflar berildi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 2024-yilda Jamoat xavfsizligi universitetida Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasining bir guruh ofitserlarini rus tili kurslarida o'qitish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.