Tezkor qidiruv faoliyati qonunchiligi bilimdoni koʼrik tanlovi  

Tezkor qidiruv faoliyati qonunchiligi bilimdoni koʼrik tanlovi  

Universitet Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari va Bakalavriat fakulteti ofitserlari bilan hamkorlikda joriy yilning 25 dekabr kuni Universitet kursantlari orasida “Tezkor qidiruv huquqi” fani doirasida “Tezkor qidiruv faoliyati qonunchiligi bilimdoni” koʼrik tanlovi oʼtkazildi.

Koʼrik tanlovda Bakalavriat fakulьtetining “Operativ” , “Yustitsiya” , “Yurist”  va   “Аdolat”   jamoalari oʼzaro 3 ta shart boʼyicha bellashdilar:

 Koʼrik tanlovda quyidagi 3 ta shartlar asosida kursantlarning bilimdonligi, ziyrakligi va muayyan vaziyatlarda toʼgʼri qaror qabul qilish kabi bilim va koʼnikmalari baholandi:

1-shart: “Tezkor savol-javob”;

2-shart: “Tezkor yechim”

Ushbu shartda jamoa aʼzolarining barchasi ishtirok etdi. Har bir jamoaga tayyorgarlik uchun 5 daqiqa vaqt berildi. 

3-shart: “Erkin shart” (Tezkor qidiruv taktikalarini amalda qoʼllash koʼrgazmali chiqishlari).

Tanlov davomida kursantlar chiqishlarini Universitet boshligʼining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari D.Yusupov va Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor-oʼqituvchilaridan iborat hakamlar hayʼati baholab bordilar.

Hakamlar hayʼatining qaroriga koʼra,  382 – oʼquv guruhning “Аdolat” jamoasi 98,8 ball toʼplab birinchi oʼrinni, 381 – oʼquv guruhining “Yurist” jamoasi 94,5 ball toʼplab ikkinchi oʼrinni va 134 – oʼquv guruhining “Yustitsiya” jamoasi 94,0 ball toʼplab uchinchi oʼrinni egalladilar.

Koʼrik tanlov yakunida ishtirokchi jamoalarga Universitet boshligʼining faxriy yorligʼi va har bir ishtirokchilarga esa esdalik sovgʼalari topshirildi.

362
Chop etish
Text to speech