“Terrorchilikka qarshi operatsiyani o‘tkazish asoslari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.  …

“Terrorchilikka qarshi operatsiyani o‘tkazish asoslari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.     

Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2023/2024-yilga rejasiga asosan, Maxsus-taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi o‘qituvchisi dotsent Farrux Erkinovich Raxmanov tomonidan Universitetda tahsil olayotgan kursantlar bilan “Terrorchilikka qarshi operatsiyani o‘tkazish asoslari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘quv-uslubiy boshqarma vakillari, professor-o‘qituvchilar tarkibi va magistratura fakulteti tinglovchilari ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida ta’lim oluvchilarning kasbiy-ixtisoslashgan bilimi, ko‘nikmasi va kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalardan, xususan grafikli organayzerlar, klasterlar, 6x6 prezentatsiya materiallaridan keng foydalanildi. Mazkur mashg‘ulot o‘qituvchilar orasida pedagogik va metodik tajriba almashish, ta’lim jarayoniga samarador metodikalarni joriy qilish, ta’lim strategik fikrlash va tahliliy qobiliyatni takomillashtirish xizmat qildi.

642
Chop etish
Text to speech