Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o’zaro maqsadli hamkorligi yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o’z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g’oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda. Jahon miqyosida mintaqaviy va lokal harbiy harakatlar, sayyoramizda kuzatilgan so’nggi qonli to‘qnashuvlar bizni yana bir bor ogohlikka chaqirib, bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko’rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat er yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o’zaro bog’liq ekanini, o’rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o’ta muhimligini isbotladi. O’zbekistonda islohotlar sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o’rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o’zaro fikr almashish, shuningdek milliy qonunchilik va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2023 yil 23 noyabr kuni soat 1500da «Qo‘riqlashning texnik vositalari – ob’ektlarni muhofaza qilishning ishonchli kafolati» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda Xitoy Xalq Demokratik Respublikasining bir qancha dunyo miqyosidagi etakchi kompaniyalarining vakillari, Beloruss va boshqa davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning mintaqaviy o‘quv markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Muxamedov Sherzod Nurmatillayevich, «Kimiyoviy vositalar saqlanadigan ombor xududlarida xavfsizlikni taminlash uchun istiqbolli sensor qurilmalarini qo‘llash» mavzusida ma’ruza qildi;
Beloruss Respublikasi Harbiy akademiyasi talim muassasasining Ichki qo‘shinlar fakulteti Maxsus va muhandis- texnik fanlar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari – (QTV) xizmati boshlig‘i podpolkovnik Kovalenko Aleksandr Nikolayevich,
Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi «Zhejiang Dahua Technology Co., Ltd» kompaniyasining derektorlar ijro qo‘mitasi marketing bo‘yicha bosh muhandisi janob Guangpeng Wang, «Xitoy intellektual transport tizimi sohasida malaka va qurilish alishish» mavzusida ma’ruza qildilar;
Beloruss Respublikasi Harbiy akademiyasi talim muassasasining Ichki qo‘shinlar fakulteti Maxsus va muhandis- texnik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi podpolkovnik Kuzmiskiy Anatoliy Mixaylovich, «Muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalarining tasirchanligini baholash jarayonida modellashtirishdan foydalanish» mavzusida ma’ruza qildilar;
Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi «Hangzhou Hikvision Digital technologi Co., Ltd» kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy hamkori “SMART TEXNOLOGY SISTEMS” MChJning rejalashtirish menejeri Tatarnikov Fedor Leonidovich, «AX PRO qurilmasi bazasida qo‘riqlashning echimlari» mavzusida ma’ruza qildilar; Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi «Hytera Communications Co., Ltd» kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy hamkori “Elektroapparat” MChJning bosh menejeri Mirkulov Yevgeniy Valerevich, «Jamoat xavfsizligi bo‘linmalarida radioaloqani taminlash: bugungi holati va istiqboli» mavzusida ma’ruza qildilar; O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Qo‘riqlashni muhandislik-texnik taminoti kafedrasi dotsenti t.f.f.d. (PhD), dotsent polkovnik Pen Andrey Yuryevich, «xavfsizlik tizimida import o‘rnini bosuvchi texnik asosga ega tasirchanlikning muvofiq mezonlarini tanlash» mavzusida ma’ruza qildi. Konferensiya davomida ma’ruzachilar konferentsiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi, konferentsiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar qizg’in muhokama qilindi. Anjuman o‘zaro bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Konferentsiya yakunida ishtirokchilar tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘riqlash faoliyatini texnik takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni qo‘riqlanishini ta’minlovchi, sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish alohida ta’kidlandi. Konferensiya yakunida Universitet “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti” kafedrasi maxsus o‘quv sinflari va laboratoriya xonalarining zamonaviy muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi va shu bilan bir qatorda Universitet Harbiy ilmiy jamiyati qoshida kafedraning malakali professor va o‘qituvchilari tarkibi boshchiligida mutaxassis kursantlari ratsionalizatorlik va ixtiro ishlarini namoish etildi.