Ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 27-noyabr kuni axborot texnologiyalarni joriy qilishda hamda tahririyat noshirligi faoliyatida erishilgan yutuqlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Jamoat xavfsizligi Universitetiga O'zbeksiton Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasidan mas'ul xodimlari tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida
mexmonlarga Universitet raxbariyati hamda ma'sul shaxslar tomonidan Universitetning o'quv-moddiy texnik bazasi bilan tanishtirildi, zamonaviy dasturiy-apparat majmualarning ishlash jarayonlari namoyish etildi va qiziqtirilgan savollariga javoblar berildi.
Kelgusida ushbu yo'nalishda ishlarni jadallashtirish va doimiy hamkorlik borasida kelishib olindi.