O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi PQ-46-son «O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Universitet Maxsus fakulteti rahbariyati bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda yu.f.d., professor Yu.S.Pulatov, yu.f.d., professor G.Yuldashevalar “Hozirgi davrda inson huquqlari ta’limining zururiyati va ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildilar. Tadbirda ma’ruzachilar inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda, shuningdek, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi. Bulardan tashqari, davra suhbati ishtirokchilariga mazkur Qaror bilan 2020 — 2024 yillarda inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirililayotganligi hamda «Yangi O’zbekiston» sharoitida inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir qiziqarli va sermazmun o‘tdi. Davra suhbati ishtirokchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.